Qo‘qondagi kiyim-kechak bozorida do‘konga kiruvchi xaridorlar yo‘li to‘sib qo‘yilgani sababli sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 14 yoshli bola jarohatlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev yong‘indan zarar ko‘rgan Qo‘qondagi bozor bir oy ichida to‘liq tiklab berilishini ma’lum qildi. “Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”, — dedi prezident.
Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.
Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida sodir bo‘lgan yong‘in 4 soatda bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yuzdan ortiq tadbirkorning mol-mulklariga zarar yetgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting